«Manchester Siti» «Ayaks»ning 17 yoshli iqtidori Abdella Uazanga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Marokashlik hujumkor yarim himoyachini «Chelsi», «Yuventus» va «Real» ham kuzatib bormoqda.
Uazan 2025 yil yozidan buyon «Ayaks» sharafini himoya qilmoqda. Uning amsterdamliklar bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyigacha amal qiladi.
Futbolchining transfer qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.













