"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Jeydon Sancho "Xetafe"ga o‘tish uchun maoshini 25 barobar kamaytirishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Ispaniya klubi 26 yoshli futbolchiga haftasiga 10 ming funt (12 ming yevro) to‘lashga tayyor. Sancho esa "MYU"da haftasiga 250 ming funt (300 ming yevro) olgan.
Angliyalik futbolchi erkin agent sifatida "Xetafe"ga o‘tish imkoniyatini rad etmagan. Biroq u avval bosh murabbiy Xose Bordalas bilan suhbatlashmoqchi.
Sancho avvalgi mavsumda "MYU"dan "Aston Villa"ga ijaraga berilgan edi.













