"Manchester Yunayted" "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasni Brunu Fernandeshning uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Angliya klubi 22 yoshli argentinalik futbolchining o‘sishini diqqat bilan kuzatmoqda. Unga "Real", "Arsenal" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.
Pasning "Komo" bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.













