"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jordi Alba 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun o‘z favoritini ma’lum qildi.
"Kim g‘olib bo‘lishini bilmayman. Bu safar noaniqlik katta. Shaxsiy fikrimni so‘rasangiz, Messini tanlardim. U ajoyib mavsum o‘tkazdi va jahon chempionatida ham o‘zini ko‘rsatdi.
Ko‘pchilik Yamal va Mbappe haqida gapirmoqda. Laminning 19 yoshida erishgan yutuqlarini hisobga olsak, uni ham qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim", — dedi Alba AS nashriga.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda ushbu mukofot Usmon Dembelega nasib etgan.













