"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike himoyachi Ilya Zabarniyning o‘yini va Xvicha Kvarasxeliyaning og‘ir jarohati haqida fikr bildirdi.
Zabarniy haqida:
"U ko‘p o‘ynayapti va biz unga ishonamiz. Yangi jamoaga kelib, darhol yuqori saviyada o‘ynash oson emas. Ammo u buni uddaladi. Har bir uchrashuvda o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortib bormoqda. Undan mamnunman", — dedi Enrike.
Kvarasxeliyaning jarohati haqida:
"Bunday xabardan keyin ijobiy gapirish qiyin. Professional futbolda doim xavf bor. Bu vaziyatni yengib o‘tish kerak. Operasiyadan keyingi holatini kuzatamiz. U yanada kuchli bo‘lib qaytadi, bunga shubham yo‘q".
Eslatib o‘tamiz, Kvarasxeliya Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi o‘yinda (4:2) tizzasining xochsimon payidan jarohat olgan.













