"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real"ga qarshi "el-klasiko"da himoyachi Xavi Espartning asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinligi haqida gapirdi.
"U haqiqiy professional. So‘nggi o‘yinlarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Men uchun Espart ajoyib futbolchi, ammo u hali o‘sishi kerak. Uning salohiyatini to‘liq ochish ustida ishlashimiz lozim. Xavi o‘z saviyasini isbotlashda davom etishi shart", — dedi Flik.
Murabbiy Espartning asosiy tarkibda o‘ynash-o‘ynamasligini oshkor qilmadi.
"Barselona" — "Real" uchrashuvi 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "Kamp Nou" stadionida boshlanadi.













