"Milan" darvozaboni Mayk Menyan yevrokuboklar tarixida klub uchun ilgari kuzatilmagan holat qayd etdi.
Fransiyalik golkiper Yevropa musobaqasida qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan "Milan" tarixidagi ilk darvozabonga aylandi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, italiyaliklar tarixida bungacha birorta darvozabon yevrokubok uchrashuvida maydondan chetlatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Menyan 2021 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.













