"Santos" hujumchisi Neymar futbolchilik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga "Barselona"da emas, "PSJ"da erishganini aytdi.
"Menimcha, faoliyatimning eng yaxshi davri "PSJ"ga endi kelgan paytlarimga to‘g‘ri keladi. Odamlar meni "Barselona"da Messi va Suares bilan MSN uchligida o‘ynagan davrim orqali eslashlarini bilaman.
Ammo o‘zimning eng kuchli versiyamni aynan "PSJ"da namoyish etganman, deb hisoblayman", — dedi 34 yoshli braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013–2017 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan. Keyingi olti yilni "PSJ"da o‘tkazgan hujumchi 2023 yilda Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o‘tgan edi.













