Fransiya futboli afsonasi Tyerri Anri ayol futbolchilar uchun maxsus butsalar ishlab chiqarish tashabbusi bilan chiqdi.
Sobiq hujumchi Shveysariyaning On brendi bilan hamkorlikda ayollar oyoq tuzilishi va ehtiyojlariga moslashtirilgan futbol poyabzallarini yaratishni rejalashtirmoqda.
"Ayol futbolchilarning erkaklar uchun mo‘ljallangan poyabzallarda o‘ynashi to‘g‘ri emas", — dedi Anri.
Loyihada Shveysariya terma jamoasi futbolchisi Sidni Shertenlayb ham ishtirok etmoqda.
Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda On kompaniyasining yengil poyabzal ustki qismini yaratishga mo‘ljallangan LightSpray texnologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilgan.













