Seshanba kuni kataloniyaliklar Chempionlar ligasida «PSJ»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bugun esa jamoa Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida Madridning «Real» klubini qabul qiladi.
«Futbolda bunday holatlar uchrab turadi, bunda hech qanday muammo ko‘rmayapman. “PSJ”dan uchralgan mag‘lubiyat o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchimizga ta’sir qilgan, deb o‘ylamayman», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Barca Buzz.













