"Futbolchilarga nisbatan “etarlicha yugurmayapti” degan gaplarni aytishda ehtiyot bo‘lish kerak. Hozir hamma pressing haqida gapirmoqda, ammo bu futbolning kichik bir qismi, xolos. Bu tushuncha ortida mutlaqo turli ma’nolar bo‘lishi mumkin.
Pressing aslida nima? Undan qanday maqsadda foydalanasiz? Jamoangiz bunga qodirmi? Bu boshqa hududlarda bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib kelmaydimi? Hozir “pressing” so‘zi ko‘pincha o‘rinsiz qo‘llanmoqda.
Pressing g‘alaba qozonish uchun majburiy shart emas. Ba’zida u o‘rinli bo‘ladi, ba’zida esa yo‘q. Bu shunchaki urfga kirgani uchun ko‘pchilik ishlataveradigan so‘zga aylandi", — deya Kerrikning fikrlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.













