"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining MLSdagi ketma-ket 13 ta o‘yin davom etgan natijali seriyasi yakunlandi.
39 yoshli argentinalik futbolchi "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi uchrashuvni zaxirada boshlab, ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushdi. Biroq u gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi. "Inter Mayami" esa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, Messining ketma-ket 13 ta o‘yinda gol urish yoki assist qayd etish seriyasi to‘xtadi.
Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi joriy mavsum MLSda 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Messi bu yilgi "Oltin to‘p" mukofotiga da’vogarlar yakuniy ro‘yxatiga ham kiritilgan.













