"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi arafasida jamoadoshi Lamin Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
"Hozir men uchun Lamin dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U katta o‘yinlarga doim to‘g‘ri munosabat va yuqori motivasiya bilan yondashadi. Yamal butun e’tiborini futbolga qaratgan, boshqa narsalar uni chalg‘itmaydi.
Agar shu tarzda davom etsa, hammasi ajoyib bo‘ladi. U to‘p bilan juda mohirona muomala qiladi, jamoadoshlari bilan yaxshi hamkorlik qiladi va ularning ham kuchliroq bo‘lishiga yordam beradi", — dedi Gavi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Yamal bugun "Real"ga qarshi "el-klasiko"da maydonga tushishi mumkin. Uchrashuv 26 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da "Kamp Nou" stadionida boshlanadi.













