Qishki transferlar oynasida "Barselona"dan Alexandro Balde ketishi mumkin. Chap qanot himoyachisi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Baldening ehtimoliy ketishini hisobga olgan holda, "ko‘k-anorranglilar" turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Calcio Mercato nashri xabar berishicha, "Barselona" "Yuventus" futbolchisi Andrea Kambyacoga yana qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar italiyalik himoyachini kuzatib borishmoqda va transfer bo‘yicha muzokaralarni faollashtirishlari mumkin.
"Yuventus" Andrea Kambyaconing transfer qiymatini taxminan 30 million yevro deb baholamoqda. Har ikki qanotda o‘ynay oladigan 26 yoshli himoyachining shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Kambyaco 2026/2027 yilgi mavsumda oltita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













