"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yanvar oyidagi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini Angliya Premyer-ligasining boshqa bir vakili — "Everton" o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Tomonlar transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Markusning yanvar oyida Manchester klubini tark etishi ehtimoli ancha yuqori deb baholanmoqda.
Hujumchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Reshford joriy Angliya chempionati mavsumida oltita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













