"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bo‘lajak "el-klasiko"da Lamin Yamal uchun jamoa taktikasini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi.
"U buyuk futbolchi, buyuk futbolchilarni esa hurmat qilishadi. Kimnidir hurmat qilish boshqa narsa, rejalarni, tuzilmani o‘zgartirish va o‘z mohiyatingni unutish esa mutlaqo boshqa narsa. Biz na u uchun, na boshqa har qanday kuchli raqib uchun bunday qilmaymiz.
Biz yaxshi sur’atdamiz: g‘alaba qozonyapmiz, yaxshi o‘ynayapmiz va gol uryapmiz. Ammo "el-klasiko"da buning ahamiyati yo‘q — bu boshqa turdagi o‘yinlar. O‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, "Klasiko" va derbilargacha bo‘lgan natijalar katta ahamiyatga ega emas.
"Real" — "Barselona" o‘rtasida bir mavsumda kamida ikkita "klasiko" bo‘lib o‘tadi, ba’zan esa bundan ham ko‘proq. Murabbiylar kim ekani unchalik muhim emas; asosiysi — "klasiko"ning global miqyosi, u noyobdir. Futbolda boshqa muhim derbilar ham bor, ammo bu o‘ziga xos uchrashuv va odatda butun futbol olami uni tomosha qilish uchun to‘xtab qoladi. Umid qilamanki, bu buyuk o‘yin bo‘ladi va biz g‘alaba qozonamiz", — deya Mourinyoning so‘zlarini Madrid klubi matbuot xizmati keltirmoqda.













