24-daqiqada Etan Mbappe mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar «Monako» muvozanatni tiklay olmadi.
67-daqiqada «Lill» himoyachisi Tangi Nyanzu qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Son jihatidan ustunlikka ega bo‘lgan mezbonlar raqib darvozasiga bosimni kuchaytirdi va 74-daqiqada Edan Diopning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.













