"Manchester Yunayted"ning "Bornmut"ga qarshi g‘alabasiz seriyasi 7 ta o‘yinga yetdi.
Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa APLning 8-turida "Old Trafford"da raqibiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mankunianliklar "Bornmut"ni so‘nggi marta 2023 yil 20 may kuni mag‘lub etgan. Shundan keyingi 7 ta uchrashuvning 3 tasida "MYU" o‘z maydonida 0:3 hisobida yutqazgan, qolgan 4 ta bahs durang bilan yakunlangan.













