"Monako" bosh murabbiyi Filipe Luis "Lill"ga qarshi uchrashuvda (1:1) jarohat olgan Ansu Fatining holati haqida gapirdi.
"Avvalo, vaziyatni to‘liq o‘rganib, unga yordam berishning eng to‘g‘ri yo‘lini topishimiz kerak. Ba’zan biroz kutishga to‘g‘ri keladi.
Futbolchi maydonga qaytib, darhol qayta jarohat olishini istamayman. Shuning uchun ehtiyotkor bo‘lishimiz shart", — dedi Luis.
Eslatib o‘tamiz, Fati "Lill"ga qarshi bahsning 15-daqiqasida almashtirildi. Ispaniyalik hujumchi joriy mavsum Liga 1da 3 ta o‘yin o‘tkazib, hozircha gol yoki assist qayd etmagan.













