Italiya A Seriyasi tarixida ilk bor bir vaqtning o‘zida 4 ta jamoa dastlabki 8 turni mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Bular "Inter", "Milan", "Roma" va "Lasio" klublaridir.
O‘tgan mavsumda 8-turdan keyin faqat "Atalanta" mag‘lubiyatga uchramagandi. Biroq jamoa 6 ta durang sabab turnir jadvalida 7-o‘rinni egallagan.
Amaldagi chempion "Inter" esa bu mavsum 24 ochkodan 22 tasini jamg‘arib, A Seriyada peshqadamlik qilmoqda.













