"Vilyarreal" bosh murabbiyi Inigo Peres La Ligada 100 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh mutaxassislardan biriga aylandi.
38 yoshli ispaniyalik murabbiy "Valensiya"ga qarshi derbida (2:1) ushbu marraga erishdi. Uning hisobida 31 g‘alaba, 35 durang va 34 mag‘lubiyat bor.
Peres 100-o‘yinini 38 yoshu 9 oyu 6 kunligida o‘tkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pep Gvardiola (40 yosh), Rafael Benites (42 yosh) va Luis Enrikedan (45 yosh) o‘zib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassis o‘tgan yozda "Vilyarreal" boshqaruvini qabul qilgan.













