«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Guti «Barselona»ga qarshi «el-klasiko»da (2:1) hakamning bahsli qaroriga munosabat bildirdi.
Uchrashuv davomida «Barselona» himoyachisi Joau Kanselu madridliklar vingeri Yan Diomandening oyog‘iga bosgan, biroq hakam portugaliyalik futbolchini jazolamagan.
«Barselona» 10 kishi bo‘lib qolishi kerak edi», — dedi Guti DAZN efirida.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Kilian Mbappening dubli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklarning yagona goliga Rafinya mualliflik qildi.













