«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 8-turida «Lechche» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) keyin jamoasining o‘yinini baholadi.
«Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, ammo tanaffusdan keyin nazoratni yo‘qota boshladik. Bizga jasorat yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda go‘yo ortga qadam tashlagandek bo‘ldik», — dedi Spalletti.
Mutaxassis «Lasio»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng taktikani o‘zgartirib, uch nafar yarim himoyachi bilan o‘ynashga qaror qilganini aytdi. Uning fikricha, yangi sxema jamoaga ko‘proq barqarorlik bergan.
«Yuventus» 14 ochko bilan A Seriyada 7-o‘rinda bormoqda.













