Budva shahrida (Chernogoriya) boks bo‘yicha U-19 toifasidagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Yarim final bellashuvlari yakuniga ko‘ra, terma jamoamizning olti nafar a’zosi hal qiluvchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yana ikki bokschimiz esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Finalga yo‘l olgan bokschilar:
-75 kg: Suxrob Raxmatullayev
-85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev
-90 kg: Asadbek Sultonboyev
+90 kg: Islom Salixov
-51 kg: Nazokat Mardonova
-70 kg: Maftuna Yangiyeva
Bronza medali sohiblari:
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov
-48 kg: Muxtasar Aliyeva
Musobaqaning final bahslari ertaga, 27-oktyabr kuni tashkil etiladi.













