«Barselona» 19 yoshli Lamin Yamalning «Oltin to‘p» taqdirlash marosimida ikkita sovrin qo‘lga kiritishidan umidvor.
El Partidazo de COPE ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar Yamalning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilishini kutmoqda. Shuningdek, uning «Oltin to‘p»ni ham yutishi ehtimoldan xoli emas.
Jamoa himoyachisi Pau Kubarsi esa «Real»ga qarshi «el-klasiko»dan keyin dam olishi uchun marosimga bormaydi.
Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili «Oltin to‘p» Usmon Dembelega nasib etgandi.













