UFCning yengil vazn toifasida (70 kg gacha) ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi Arman Sarukyan amaldagi chempion, amerikalik Jastin Getji u bilan jang qilishdan manfaatdor emasligini bildirdi.
"Kimdir mendan qochishga harakat qilyapti. Bu — Jastin Getji. Endi u faoliyatini yakunlash haqida gapiryapti.
Yo UFC unga jangga chiqishi uchun juda katta pul to‘laydi, yoki u shunchaki faoliyatini yakunlaydi. Menga noyabr oyining oxirida hammasi ma’lum bo‘lishini aytishdi", — dedi Sarukyan Helen Yee Sport YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq Aleksandr Volkanovski Sarukyan bilan UFCning yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang qilishga tayyorligini bildirgan edi.













