Osiyo futbol konfederasiyasi kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasi o‘yinlarining taqvimini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi guruhdagi dastlabki o‘yinni 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
2-turda Fabio Kannavaro shogirdlari KXDR milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.
3-turda Bahraynga qarshi o‘tadigan o‘yin ham 18:30 da boshlanadi.
Osiyo Kubogi - 2027
1-tur
O‘zbekiston – Iordaniya
8-yanvar. “Qirol Abdulloh” stadioni. 21:30
2-tur
KXDR – O‘zbekiston
12-yanvar. “Kingdom Arena”. 18:30
3-tur
O‘zbekiston – Bahrayn
17-yanvar. “Shahzoda Abdulloh al-Faysal” stadioni. 18:30.













