"Barselona" vingeri Lamin Yamal Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) talqiniga ko‘ra, 2026 yilgi "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritishi kerak.
CIES Football Observatory o‘tgan yildagidek, mavsum davomida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 50 nafar maydon o‘yinchisidan iborat ro‘yxatni tuzdi. Reyting uchta mezon asosida shakllantirilgan: o‘yinning sakkizta jihatidagi harakatlar samaradorligi (Impect metodologiyasiga muvofiq), o‘tkazilgan uchrashuvlarning raqobat darajasi va ushbu bahslarda qayd etilgan natijalar.
2025 yilda bo‘lgani kabi, bu safar ham birinchi o‘rinni Yamal egalladi. Kuchli uchlikdan "Bavariya" hujumchilari Maykl Olise va Harri Keyn ham joy oldi.
-
Lamin Yamal ("Barselona") — 95,8 ball
-
Maykl Olise ("Bavariya") — 93,9 ball
-
Harri Keyn ("Bavariya") — 90,5 ball
-
Lionel Messi ("Inter Mayami") — 90,4 ball
-
Dezire Due (PSJ) — 90,4 ball
-
Kilian Mbappe ("Real") — 90,4 ball
-
Xvicha Kvarasxeliya (PSJ) — 90,3 ball
-
Pedri ("Barselona") — 90,3 ball
-
Erling Holand ("Manchester Siti") — 90,0 ball
-
Pau Kubarsi ("Barselona") — 90,0 ball
"Real" futbolchisi Vinisius Junior 89,8 ball bilan 13-o‘rinni egalladi. Rodri ("Barselona", 88,6 ball) — 14-o‘rinda, Rafinya ("Barselona", 88,1 ball) — 19-o‘rinda, Usmon Dembele (PSJ, 86,5 ball) — 27-o‘rinda, Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 85,2 ball) — 33-o‘rinda, Jud Bellingem ("Real", 84,4 ball) — 39-o‘rinda, Deklan Rays ("Arsenal", 83,8 ball) esa 45-o‘rinda qayd etildi.













