"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes La Liga doirasida "Real"ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
"Bugun har qachongidan ham ko‘proq: yashasin "Barsa"! Bu jamoaga ishoning, kules.
Oldinda hali uzoq yo‘l bor, hayotda esa hamma narsa o‘z iziga qaytadi", — deb yozdi Fermin ijtimoiy tarmoqda.













