La Liganing 10-turi doirasida "Real"ga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat olgan "Barselona" himoyachisi Xavi Espartning holati bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
19 yoshli futbolchi birinchi bo‘limda maydonga o‘tirib qoldi va uni almashtirishni so‘radi. Dastlab u Orelyen Tchuameni bilan to‘qnashuvdan keyin jarohat olgani taxmin qilingan edi. 30-daqiqada Espartning o‘rniga Aleks Balde maydonga tushdi.
"Tibbiy tekshiruvlar Xavi Espart raqib futbolchisi bilan to‘qnashuv natijasida "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda o‘ng to‘pig‘idagi sindesmoz jarohatini olganini tasdiqladi. Sindesmoz — ikki suyakni zich tolali biriktiruvchi to‘qima orqali bir-biriga bog‘lab turuvchi birikma", — deyiladi "Barselona" bayonotida.
Kutilganidek, futbolchi taxminan yetti hafta davomida maydonga tusha olmaydi.













