«PSJ» darvozaboni Matvey Safonov o‘zining Telegram kanalida «Lion»ga qarshi o‘tgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Parijliklar mazkur bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rossiyalik futbolchining ta’kidlashicha, dushanba oqshomida u uchun eng muhim voqea aynan Fransiya chempionati doirasidagi ushbu o‘yin bo‘lgan.
«Kechagi kun hissiyotlarga boy bo‘ldi. Men va jamoam uchun esa asosiy voqea «Lion»ga qarshi uchrashuv bo‘ldi.
Bu bahs biz uchun ayniqsa muhim edi. Chunki uning natijasiga ko‘ra, joriy mavsumda ilk bor chempionat jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildik!» — deb yozdi Safonov.