"Keyn uchun "Bavariya"ga o‘tish juda muhim edi. U sovrinlar yutishni istardi va bunga erishdi. O‘sha paytda u o‘ziga: “Agar “Bavariya”ga o‘tsam, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritaman”, degan deb o‘ylamayman. Albatta, ambisiyali futbolchi uchun bu ham maqsadlardan biri. Ammo Myunxenda Keyn o‘zini yangidan kashf etdi.
U “Tottenxem”dan o‘tganida, barcha uning gol ura olishini bilardi. Biroq bu yerda uning jamoaviy o‘yinda naqadar kuchli ekani va maydonda yana qanday fazilatlarga ega ekanini hali tasavvur qilishmasdi», — dedi Matteus.













