«Hech bo‘lmasa men maydonda yugurgan bo‘lardim va bor kuchim bilan mehnat qilardim. Bu futbolchilar esa bunday qilmayapti! Jon deb kiyinish xonasiga kirib, hammani ro‘paramga o‘tqazardim-da, “O‘zi nima qilib yuribsizlar?! Maydonda shunchaki sayr qilib yurib, “Manchester Yunayted” futbolkasini kiyishga haqliman, deb o‘ylayapsizlarmi?!” deb so‘rardim.
Ularni shunday do‘pposlardimki, hushlariga kelishmasdi!» — deya Runining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.













