"Roma"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Rodrigu Mora "Kalyari"ga qarshi o‘yinda uchinchi, g‘alaba golini urdi va bu natijadan juda xursand. U o‘yinlar taqdirini hal qilishni yoqtirishini tan oldi.
"Men jamoa uchun muhim o‘yinchi bo‘lishni va kerakli paytlarda unga yordam berishni orzu qilaman. Bugun gol urdim, jamoaga aynan shu gol kerak edi. Men jamoamga yordam berdim — eng muhimi shu. Menga chap qanotda o‘ynash qulayroq, chunki bu markazga siljish imkonini beradi. Soule ham xuddi shunday: u o‘ng qanotdan boshlab, markazga qarab harakatlanadi. Ammo jamoaga yordam berish uchun istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyorman", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi forzaroma.info nashri.
Mora o‘tgan yozda "Roma"ga ko‘chib o‘tgan.













