Madridning "Atletiko" klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero 2026 yilgi jahon chempionati finalida jarohati tufayli og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilib maydonga tushganini aytdi.
"Final oldidangi kunlarda mashg‘ulotlarda zo‘rg‘a qatnashardim. O‘yinga eng yaxshi holatimda chiqmadim. Bir-ikkita tabletka qabul qilib, og‘riq qoldiruvchi ukollar olganimdan keyin avvalgidek o‘ynashga harakat qildim. Ikkinchi bo‘limda esa organizmim bunga chiday olmadi", — deya Romeroning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda All About Argentina nashri keltirdi.
Futbolchining ta’kidlashicha, jamoa turnirga jismoniy jihatdan eng yaxshi holatda yetib kelmagan va butun musobaqa davomida jarohatlar bilan kurashgan. Romero, shuningdek, Angliyaga qarshi o‘yindan keyin Axill payi bilan bog‘liq muammolar boshlanganini va ular hozirgacha davom etayotganini aytdi.
Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













