Ispaniyaning "Barselona" va "Real" klublari 2026 yilgi "Oltin to‘p" sohibi, Myunxenning "Bavariya" jamoasi hujumchisi Xarri Keynni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Jurnalist Fabrisio Romanoning aytishicha, har ikki ispan grandi futbolchining vakillari bilan bog‘langan.
"Bu sizlarni hayratga solishi mumkin, ammo ishontirib aytaman: o‘tgan yozda mavsumoldi tayyorgarligining birinchi qismida Ispaniyaning top-klublari — "Barselona" va "Real" Keyn bilan bog‘lanishgan.
Javob har doim bir xil bo‘lgan: "Rahmat, ammo biz "Bavariya" bilan tuzilgan shartnomamizga e’tibor qaratganmiz". Hech qanday muzokaralar bo‘lmagan, chunki Keyn "Bavariya"ga sodiq qolishga qaror qilgan", — dedi Romano o‘zining YouTube kanalidagi chiqishida.













