«Avvallari ovqatlanish tartibiga butunlay boshqacha yondashardim. Sport maydonida eng yaxshi natijalarga erishish uchun ovqatlanishimga alohida e’tibor berardim.
Yillar o‘tib, hozir ham bunga jiddiy qarayman, ammo endi buning sababi ruhiy holatim bilan bog‘liq. Doimo o‘zimni eng yaxshi holatda his qilishni, yoshligimni yo‘qotmaslikni istayman. Iloji boricha “yosh” holimda — masalan, 150 yoshda vafot etishni xohlardim», — deya Puyolning so‘zlarini keltirmoqda Derby nashri.













