«Menimcha, bu yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bu hatto tashqaridan qaraganda ham sezildi. Biz o‘zimiz istagan uslubda harakat qildik. Biroq birinchi bo‘limda raqibga keragidan biroz ko‘proq bo‘sh hudud qoldirdik, deb o‘ylayman.
Shu bilan birga, o‘tkazib yuborilgan goldan keyin jamoamizning qanday javob qaytarganidan juda mamnunman.
Murabbiy talablarini maydonda amalga oshirish juda yaxshi. Hozir biz uchun omadli davr kechmoqda.
Shu ruhda davom etishimiz kerak», — deya Isaksenning so‘zlarini keltirmoqda Cittaceleste.it nashri.













