Ayni paytda "Xetafe" sharafini himoya qilayotgan Daniel Karvaxal Madridning "Real" klubiga bo‘lgan muhabbati hech qachon so‘nmasligini ta’kidladi.
"Qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan ispaniyalik himoyachi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushganda ham o‘zining professional burchini birinchi o‘ringa qo‘yishini bildirdi.
"Men madridist bo‘lib tug‘ildim va madridist bo‘lib o‘laman. Ammo "Real"ga qarshi o‘yinda, albatta, hozirgi klubim uchun bor kuchim bilan kurashaman.
Umid qilamanki, mavsumning ikkinchi yarmidagi o‘zaro uchrashuvimizga qadar biz La Ligada qolish masalasini hal qilgan, "Real" esa chempionlikni rasmiylashtirgan bo‘ladi. Men har doim "Real" muxlislarining mehrini his qilganman", — dedi Karvaxal El Larguero dasturida.
Eslatib o‘tamiz, 2012/13 yilgi mavsumda Germaniyaning "Bayer" klubida o‘ynaganini hisobga olmaganda, Karvaxal faoliyatining deyarli barcha qismini "Real"da o‘tkazgan. U madridliklar safida 451 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 66 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Joriy yilning oktyabr oyida ispaniyalik himoyachi erkin agent sifatida "Xetafe" klubiga qo‘shildi.













