Klub rahbariyati endi Rabyo bilan muzokaralarga e’tibor qaratmoqda. Fransiyalik yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq «Milan» uning maoshini oshirish va kelishuv muddatini uzaytirish niyatida.
Muzokaralar futbolchining agenti bo‘lgan onasi Veronik Rabyo bilan boshlangan. Tomonlar hamkorlikni davom ettirish tarafdori, shu bois kelishuv bo‘yicha oldinga siljish tezlashishi kutilmoqda.













