"Barselona"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri "el-klasiko" haqidagi so‘nggi intervyusida Joze Mourinyoni maqtab, portugaliyalik murabbiy o‘zining murabbiylik qobiliyatiga nisbatan bildirilgan shubhalarga javob bera olganini ta’kidladi. Uning "Real"i "Barselona"dan 2:1 hisobida ustun keldi.
"Barakalla, Mourinyo. Ko‘pchilik uning hali ham muvaffaqiyatga erisha olishiga shubha qilgandi, ammo u buning uddasidan chiqishini isbotladi. Ular mag‘lubiyatga uchrashga haqlari yo‘qligini tushunishgan, chunki to‘plar nisbatidagi bunday farq sharoitida to‘qqiz ochkolik ortda qolishni bartaraf etish juda qiyin bo‘lardi", — deya Anrining so‘zlarini keltiradi Betway Insider.
Ispaniya chempionati turnir jadvalida "Real" 24 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. "Atletiko" hisobida 25 ochko, "Barselona"da esa 27 ochko bor.













