Kristian Pulishich "Milan"da yana bir necha yil qolishga tayyor.
The Athletic nashri xabar berishicha, tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va ular allaqachon ilg‘or bosqichga yetgan. Hozircha shartlar kelishib olinmagan, ammo har ikki tomon ham ijobiy kayfiyatda.
Amaldagi shartnoma 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, "rossoneri"da kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.
Amerikalik futbolchi 2023 yilda 22 million yevro evaziga "Milan"ga o‘tgan. U klub safida 143 ta o‘yinda 43 ta gol urgan. Pulishichning statistikasi bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.













