"Barselona" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Ispaniyadagi temiryo‘l halokatida vafot etganlar xotirasini yod etdi.
"Barselona" Toledo viloyatidagi Los-Yebenes va Urda aholi punktlari orasida sodir bo‘lgan yirik temiryo‘l halokati munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi. Klub jabrlanganlarning oila a’zolari va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlaydi, ular bilan birdam ekanini izhor etadi, shuningdek, barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi", — deyiladi Kataloniya klubining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilingan bayonotida.
Avvalroq Toledo shahrida ikki tezyurar poyezd to‘qnashgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘lgan, 179 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.













