«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, uning sobiq klubi «Tottenxem» bu muvaffaqiyatdan moliyaviy foyda olmaydi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Keynning «Tottenxem»dan «Bavariya»ga transferi bo‘yicha shartnomada «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganlik uchun bonus nazarda tutilmagan.
Kelishuvda boshqa qo‘shimcha to‘lovlar mavjud, ammo ular futbolchining mazkur individual sovrinni yutishi bilan bog‘liq emas.
Keyn «Bavariya» safida hozirgacha 159 ta o‘yin o‘tkazib, 156 ta gol va 40 ta assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar Germaniya kubogida «Magdeburg»ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Keyn ushbu uchrashuvni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.













