"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
The Touchline nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 27 yoshli fransuz futbolchisi bo‘yicha keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Kunde klubda sotilmaydigan futbolchilar qatoriga kirmaydi. "Chelsi" esa uning ehtimoliy transferi uchun qancha mablag‘ talab etilishini o‘rganmoqda.
Londonliklar 2022 yil yozida ham Kunde uchun kurashgan, biroq o‘shanda himoyachi "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" Kundening sotilishini moliyaviy foyda olish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.













