Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Saudiya chempionati. Ronalduning xet-trigi sakkiz golli bahsda «An-Nasr»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 12-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» va «Al-Xolud» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Ar-Riyoddagi «Al-Avval» stadionida o‘tgan bahsda mezbonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvni bosh hakam Xolid at-Turays boshqarib bordi.

Uchrashuvda hisobni 16-daqiqada mehmonlar hujumchisi Jyulyen Dominges ochdi. 24-daqiqada Gabriel Anjelo muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Sadio Mane «An-Nasr»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Loik Essomba yana hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Krishtianu Ronaldu o‘z so‘zini aytdi. Portugaliyalik hujumchi 66-daqiqada jamoasining uchinchi golini urdi, oradan olti daqiqa o‘tib dubl qayd etdi. 81-daqiqada esa xet-trikni rasmiylashtirdi.

Ronaldu uchun bu gol faoliyatidagi 985-goli bo‘ldi. Shu tariqa u «An-Nasr»ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

90+4-daqiqada Dominges dubl qayd etib, hisobni qisqartirdi, ammo bu «Al-Xolud»ni mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi. 12-tur
«An-Nasr» — «Al-Xolud» 5:3
Gollar: Dominges, 16 (0:1), Anjelo, 24 (1:1), Mane, 38 (2:1), Essomba, 45+2 (2:2), Ronaldu, 66 (3:2), Ronaldu, 72 (4:2), Ronaldu, 81 (5:2), Dominges, 90+4 (5:3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:13, 30.10.2026.
O'qildi: 2491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик