«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklar safida to‘p surayotgan 18 yoshli Lennart Karlga ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt ajratib, bor e’tiborini futbolga qaratishni tavsiya qildi.
Nemis mutaxassisi bu borada klubning faxriy prezidenti Uli Xyonessning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.
«Men Xyonessning gaplariga qo‘shilaman. Karl butun diqqatini futbolga qaratishi kerak. Bunday kuchli raqobat sharoitida u o‘zini maydonda isbotlashi shart.
O‘zini ko‘z-ko‘z qilish va ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt sarflab, maydonda ko‘proq natija ko‘rsatishi lozim.
Xyoness unga yomonlik istamaydi. U Karlning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Ammo futbolchi «Bavariya» undan nimani kutayotganiga e’tibor qaratishi kerak», — dedi Matteus.
Joriy mavsumda 18 yoshli vinger Bundesligada 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan. U maydonda har bir o‘yinda o‘rtacha 41 daqiqadan harakat qilgan.













