Meksikaning «Tixuana» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli Xilberto Mora Yevropaning to‘rt grandi e’tiborini tortmoqda.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, iqtidorli futbolchiga «Arsenal», «Liverpul», «PSJ» va «Bavariya» qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq Lionel Messi Morani «Barselona»ga tavsiya qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq «Tixuana» hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif olmagan.
Transfermarkt portali Moraning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.













