Ukrainalik mashhur bokschi, og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik «An-Nasr» va «Al-Xolud» o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turidan o‘rin olgan bahsda «An-Nasr» 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. Krishtianu Ronaldu esa xet-trik qayd etdi.
«Bunday qo‘llab-quvvatlash hammaga kerak», — deb yozdi «An-Nasr» matbuot xizmati Usikning suratini e’lon qilib.
Ayni paytda «An-Nasr» 28 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













