Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompaniga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Avvalroq belgiyalik mutaxassis mashg‘ulot paytida hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizilgandi. Unda miya pardalari ta’sirlanishi aniqlangan. Kompani shifoxonadan javob berilgach, dam olishi tavsiya etilgan.
«Bu voqeani eshitib, juda xafa bo‘ldim. Uning tezroq sog‘ayishini tilayman. Kompani ishini va kamsitishlarga qarshi qat’iy pozisiyasini juda hurmat qilaman.
U o‘z xohishi bilan uyda qolmagani aniq. Organizmi unga nihoyat "to‘xta" degan signalni bergan», — dedi Merkel MagentaTV'ga.
Sobiq kansler 2019 yilda o‘zida kuzatilgan qaltirash holatini ham eslab, bunga to‘plangan ruhiy zo‘riqish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.













